«bolalarga zo‘ravonlik» tegli maqolalar


Samarqandda 15 yoshli qiz jismoniy tazyiq ostida qolgani aniqlandi
24 aprel 2024, 22:03

Samarqandda 15 yoshli qiz jismoniy tazyiq ostida qolgani aniqlandi

Tarmoqlarda Samarqand viloyati Payariq tumanida 7-sinfda o‘qiydigan qiz maktab direktorining uyida tazyiq ostida qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olinganini, tuman IIB tekshiruv harakatlari olib borayotganini ma’lum qildi.

15 yoshli bola onasi tazyiq o‘tkazib kelayotgani yuzasidan bolalar ombudsmaniga shikoyat qildi, uning vasiyligi buvisiga o‘tkazildi
27 fevral 2024, 19:13

15 yoshli bola onasi tazyiq o‘tkazib kelayotgani yuzasidan bolalar ombudsmaniga shikoyat qildi, uning vasiyligi buvisiga o‘tkazildi

Buxoroda 15 yoshli bola onasi unga doimiy tazyiq o‘tkazib kelishi, otasi esa aliment to‘lamagani sabab ozodlikdan mahrum qilinganini aytib, bolalar ombudsmanidan o‘zi va singlisini onasi qaramog‘iga bermaslik bo‘yicha amaliy yordam so‘radi. Holat o‘rganilgach, bolalarga buvisi vasiy etib belgilandi.

Jizzaxda bolasini muntazam ravishda qiynoqqa solib kelgan otaga jinoiy ish ochildi
29 dekabr 2023, 09:27

Jizzaxda bolasini muntazam ravishda qiynoqqa solib kelgan otaga jinoiy ish ochildi

Tarmoqlarda bir erkakning bolasini turli shaklda qiynagani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani uning harakatlarini g‘ayriinsoniy deya atab, erkakka nisbatan qiynash va o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish ayblovi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qildi.

“Nafaqat zo‘ravonlik qurboni, balki voqeaga guvoh bo‘lgan bolalar bilan ham ishlash kerak”
12 oktabr 2023, 15:24

“Nafaqat zo‘ravonlik qurboni, balki voqeaga guvoh bo‘lgan bolalar bilan ham ishlash kerak”

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning 78 foizi begonalar, 14 foizi ota-onalari, qolgani qarindosh va tanishlari tomonidan sodir etilmoqda. Prokuror Laylo Fayzimurodovaning ta’kidlashicha, nafaqat zo‘ravonlik qurboni, balki voqeaga guvoh bo‘lgan va ruhiy jabrlangan bolalar bilan ham ishlash kerak.

Urganchdagi mehribonlik uyining 3 nafar tarbiyalanuvchisi himoyaga olindi
3 aprel 2023, 05:07

Urganchdagi mehribonlik uyining 3 nafar tarbiyalanuvchisi himoyaga olindi

Urganchdagi mehribonlik uyining zo‘ravonlikka uchragan 3 tarbiyalanuvchisi himoyaga olindi. Prezidentning qizi Saida Mirziyoyeva ular xavfsizlikda ekanini bildirdi. “Barcha darajadagi zo‘ravonlikka qarshi mutlaq toqatsizlik normalarini yaratish vaqti keldi”, — dedi va OAV hamda faollarga minnatdorlik bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting